Salom, do’stlar!

Yosh ko’zlaringiz ko’rayotgan manzarani biz bilan baham ko’ring!

camerarolleiflexBoshqacha aytsak, o’zingiz olgan rasmlarni bizga Internet orqali yuboring va biz ular orasidan eng yaxshilarini chop qilamiz! Mutaxassis suratchimisiz yoki shunchaki rasm olishni yaxshi ko’rasizmi, farqi yo’q — rasmlaringiz bizga ko’rsating, toki biz ham dunyoni Sizning ko’zingiz orqali ko’raylik.

Biz shu kunlarda rasmlar gallereyasini tashkil qilayapmiz. Mazkur rasmlar to’plami dunyoning yoshlari boshlaridan o’tkizayotgan voqealarni o’z ichiga olib, ular yashayotgan o’lkalaru davlatlarda ular ulg’ayib borish jarayonida rioya qilinadigan madaniyat va atrof-muhitni aks etadi. Xullas, biz ishga kirishdik — Peru va Tojikiston rasmlar kela boshladi. Endi esa navbat Sizga — rasmlar tanlovida qatnashing va o’zingiz olgan rasmlarni bizga yo’llang!

Agarda bu tanlovda zafar qozonsangiz, rasmingiz chop qilinadi va do’stlaringizga ko’rsatishga yarasha ish bo’ladi. Sizni bilmadim, lekin men ayni shu sababdan rasmchi bo’lgan edim. (Iqditor ham kerakligi o’z o’zidan ayon, albatta.) Buning ustiga Sizning rasmingiz kiritilgan kitob chop etilganidan so’ng uning elektron ko’rinishini Sizga yuboramiz. Eng muhimi shuki, Siz o’zingizni dunyoga tanitasiz va ushbu dunyo Sizning ko’zingizda qanday aks etishini dunyo bilan baham ko’rasiz.

Tanlovda qatnashish uchun qo’yilgan shartlar quyidagicha:

1) ishtirokchi (ya’ni, Siz) 19 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak. Agarda Siz ushbu misragacha o’qib kelgan bo’lsangizu va 20 yoshdan ulug’roq bo’lsangiz, u holda shuncha vaqtingizni zoye ketgizganim uchun uzr so’rayman. Shunday bo’lsada, o’zingiz bilgan-tanigan yosh rasmchilarga ushbu tanlov haqida ma’lumotni yetkizing va ularga qatnashishda yordam bering, iltimos.

2) asosiy shart esa, albatta, Sizning qalbingizdan joy olgan biron narsaning o’zingiz olgan rasmini yo’llash. Bu rasm faqat chiroyli biron narsaning rasmi emas, balki qalbingizga yo’l topa olgan narsa bo’lishi kerak. Masalan, Siz uchun qadrli va/yoki muhim bo’lgan narsayu voqealar rasmi. Ayni shu niyyatda quyida 5-10 gap yozishingiz uchun bo’sh joy qoldirdik. Masalan, Siz o’zingiz sevgan biron insonning yoki narsaning rasmi bo’lsin va u haqida sharh yozing. Agarda biron inson yoki narsa Sizning yuragingizni tezroq urishga majbur qilmasa, demak bunday rasm bizga ham qiziq emas.

Agar bu safar muvaffaqiyat qozonmasangiz va rasmingiz chop etilmasa, eng kamida ishingiz haqida mutaxassis rasmchidan fikr-muhozalar eshitasiz va bilimingizni oshirasiz. Buning ustiga, boshqa bir rasmni tanlovga topshirishdan Sizni hech narsa to’smaydi, albatta. Bu rasmchilar tomonidan rasmchilar uchun uyushtirilgan tanlov bo’lib, mazkur loyihaning asosiy maqsadi ham rasmlar to’plamini yig’ish, ham shu jarayonda bilim olishdir.

Xo’sh, demak, fotoaparatingizni qo’lga olingda, ishga kirishing! To’xtang, bir narsani aytishni unutibman! Jo’natiladigan rasm JPEG yoki JPG formatida Siz o’zingiz olgan original rasm bo’lishi lozim; rasmning bo’yi yoxud eni 1 000 piksel bo’lsin. Albatta uning ustida bir oz ishlashingiz mumkin — ranglarni sozlash yoki hajmi va o’lchamlarini moslash. Iltimos, aslo o’zingizni o’zingiz olgan rasmlarni (selfi) bizga yo’llamang. buning ustiga eng ko’pi 10ta rasm yo’llang. Boshqa talab yo’q!

Qani, do’stlar, olg’a! Hammaga omad tilayman! Shaxsan o’zim olgan rasmni shunday tanlovga birinchi marta yuborganimni eslayman va shu ishni qilganim uchun hali-hanuz o’zim bilan faxrlanaman.

Darvoqe, mening ismim Tim.

Ism-sharifingiz

Yoshingiz (shart)

Qaysi davlatdansiz (shart)

Rasmga sharhingiz (shart)

Rasmingizni yuklang (shart)